O‘zbekiston ilk bor Xalqaro mehnat konferensiyasida qo‘mita raisi etib saylandi

eʼlon qilindi
XMKning 113-sessiyasi 13-iyungacha davom etadi
O‘zbekiston ilk bor Xalqaro mehnat konferensiyasida qo‘mita raisi etib saylandi / Foto: «Dunyo» AA

Jenevada bo‘lib o‘tayotgan Xalqaro mehnat konferensiyasining (XMK) 113-sessiyasida a’zo 187 davlat vakillarining bir ovozdan qabul qilgan qaroriga ko‘ra, O‘zbekiston BMT va boshqa xalqaro tashkilotlardagi doimiy vakili Umumiy masalalar bo‘yicha qo‘mita (CAG) raisi etib saylandi. Bu haqda «Dunyo» AA ma’lum qildi.

Mazkur qo‘mita XMT doimiy organi bo‘lib, tashkilot faoliyatini muvofiqlashtirish, murakkab boshqaruv masalalarini ko‘rib chiqish va institutsional barqarorlikni ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi. Bu yilgi sessiyada dengiz mehnati konvensiyasiga qo‘shimchalar, Myanma bilan hamkorlik, Falastinning ishtiroki va Ijtimoiy rivojlanish bo‘yicha ikkinchi jahon sammiti bo‘yicha rezolyutsiyalar ko‘rib chiqiladi.

O‘zbekistonning ushbu yuksak lavozimga saylanishi mamlakatimizning xalqaro maydondagi obro‘si oshib borayotganini, mehnat sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar va global ijtimoiy muloqotga qo‘shilayotgan hissasi e’tirof etilayotganini ko‘rsatmoqda. Bu, shuningdek, xalqaro mehnat huquqi va inson huquqlariga sodiqlikning yana bir dalilidir.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda Markaziy Osiyo Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqi vakolatxonasi ochilgan edi.

Shuningdek