
O‘zbekiston milliy terma jamoasi Qatarga qarshi uchrashuvi 10-iyun kuni «Bunyodkor» stadionida bo‘lib o‘tadi. Ushbu uchrashuv uchun chiptalar 3-iyundan boshlab oflayn savdoga chiqarildi.
OʻFA avvalgi o‘yinlarda aniqlangan firibgarlik holatlari va soxta chiptalar muammosining oldini olish maqsadida onlayn savdodan voz kechib, faqat oflayn sotuv tartibini joriy etdi.
Chiptalarni ushbu manzillardagi iTicket kassalaridan xarid qilish mumkin:
- «Bunyodkor» stadioni – G‘afur G‘ulom bog‘i tomoni va «Chilonzor» metro bekati yonidagi kassalar (soat 10:00 – 20:00 oralig‘ida)
- «Paxtakor» stadioni – Alisher Navoiy nomidagi «Kinopalace» (Panorama) yonidagi kassalar (soat 10:00 – 20:00)
- «Humo Arena» – (soat 10:00 – 20:00)
Uchrashuv chiptalarining narxlari quyidagicha:
- 1-qavatdagi yon tomon sektorlari – 300 ming so‘m,
- 1-qavatdagi markaziy sektorlar – 500 ming so‘m,
- 2-qavat markaziy sektorlari – 100 ming so‘m,
- 2-qavat yon tomonlari – 75 ming so‘m.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri BAA futbol bo‘yicha BAA – O‘zbekiston o‘yinida o‘zbekistonliklar stadionga kira olmasligi mumkinligi haqida yozgan edi.