O‘zbekistonning Iordaniyadagi yangi elchisi tayinlandi

O‘zbekistonning Iordaniyadagi Favqulodda va muxtor elchisi Nodirjon Turg‘unov mamlakat qiroli Abdulla II ibn Husaynga ishonch yorliqlarini topshirdi.
Marosim qirolning Ammandagi rasmiy qarorgohi Basmanniy saroyida bo‘lib o‘tdi.
Ma’lumot o‘rnida, Iordaniya Hoshiimiylar Qirolligi Yaqin Sharqda joylashgan davlat bo‘lib, uning poytaxti Amman shahri hisoblanadi. Mamlakat Arabiston yarimoroli shimolida, Suriya, Iroq, Saudiya Arabistoni hamda Falastin va Isroil bilan chegaradosh. G‘arbiy qismida O‘lik dengiz, janubda esa Aqaba ko‘rfazi orqali qisqa dengiz sohiliga ega. Iordaniyada asosiy til arab tili bo‘lib, rasmiy pul birligi — Iordaniya dinoridir.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Nodir G‘aniyev O‘zbekistonning Portugaliyadagi elchisi etib tayinlangani haqida yozgan edi.