Qizaloqlar hayotini saqlab qolib, halok bo‘lgan erkak «Jasorat» medali bilan taqdirlandi

eʼlon qilindi
Bo‘rijar kanalida yuz bergan fojia
Qizaloqlar hayotini saqlab qolib, halok bo‘lgan erkak / Foto: Videodan olingan

2025-yil 5-may kuni Toshkent shahri hududidagi Bo‘rijar kanalida yuz bergan fojiada ikki nafar qizchani qutqarib jon bergan fuqaro «Jasorat» medali bilan taqdirlandi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

Fojiali hodisa Yakkasaroy tumanida sodir bo‘lgan. Mahalliy aholi vakili Abdumannop Samiqov suvga tushib ketgan ikki qizaloqni ko‘rib, ularni qutqarish maqsadida darhol suvga sakragan. Qizchalarni qutqarishga muvaffaq bo‘lgan Samiqov, afsuski, o‘zi hayotdan ko‘z yumgan.

Davlat rahbari uning bu fidoyiligini yuksak qadrlab, marhumning oilasiga hamdardlik bildirib, uni «Jasorat» medali bilan mukofotlash haqida farmonga imzo chekkan.

Shuningdek, mazkur holatda faol ishtirok etgan «Bo‘rijar» sport majmuasi xodimi Nurmuhammad Mamasaliyev ham ushbu yuksak mukofotga loyiq deb topildi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Toshkentda ro‘y bergan yong‘in oqibatida ikki kishi halok bo‘lgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek