May oyining eng yaxshi smartfonlari aniqlandi

3-iyun 2025 14:00 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Eng yaxshi smartfonlar
May oyining eng yaxshi smartfonlari aniqlandi / Foto: Lifehacker

2025-yil may oyi bo‘yicha bozordagi eng yaxshi smartfonlar orasida Xiaomi, Samsung, Realme, Sony va Honor kompaniyalarining modellari ajralib turdi. Lifehacker chop etgan maqolada ularning eng mashhur modeli haqida hikoya qilinadi.

Xiaomi 15S Pro

Foto: Xiaomi

Xiaomi kompaniyasining o‘ziga xos flagmani – 15S Pro modeli Xring O1 chipi bilan jihozlangan ilk smartfon hisoblanadi. 6,73 dyuymli LTPO AMOLED displey 3200×1440 pikselli aniqlikda ishlaydi. Yoritilishi 3200 nitgacha yetadi, PWM chastotasi esa 1920 Gts bo‘lib, ko‘z uchun qulaylikni ta’minlaydi. 50 MP dan iborat uch kamerali tizim, 6100 mA·soatli batareya va IP68 himoyasi bilan u premium segmentdagi kuchli raqobatchiga aylangan.

Foto: Xiaomi
Texnik xususiyat
Tavsifi
Displey6.7″ LTPO AMOLED 2X, 3120×1440 piksel, 2600 nit
ProtsessorSnapdragon 8 Elite (3 nm)
Kamera (orqa)200 MP (asosiy) + 12 MP (ultrashirok)
Kamera (old)12 MP
Xotira12/256 GB, 12/512 GB
Batareya3900 mA·soat
Zaryadlash25 Vt simli, 15 Vt simsiz
TizimOne UI 7 (Android 15)
HimoyaIP68, Gorilla Glass Ceramic 2, Titan korpus
Qalinlik5.8 mm

Galaxy S25 Edge – eng yupqa Samsung flagmani

Foto: Samsung

Galaxy S25 Edge ultra yupqa korpusi (bor-yo‘g‘i 5,8 mm) va titandan tayyorlangan mustahkam tuzilmasi bilan ajralib turadi. 6,7 dyuymli LTPO AMOLED 2X displeyi 3120×1440 pikselga ega. Snapdragon 8 Elite chipi, 200 MP asosiy kamera, 3900 mA·soatli batareya va IP68 sertifikati uni texnologik va estetik mukammallik timsoliga aylantiradi.

Foto: Samsung
Texnik xususiyat
Tavsifi
Displey6.7″ LTPO AMOLED 2X, 3120×1440 piksel, 2600 nit
ProtsessorSnapdragon 8 Elite (3 nm)
Kamera (orqa)200 MP (asosiy) + 12 MP (ultrashirok)
Kamera (old)12 MP
Xotira12/256 GB, 12/512 GB
Batareya3900 mA·soat
Zaryadlash25 Vt simli, 15 Vt simsiz
TizimOne UI 7 (Android 15)
HimoyaIP68, Gorilla Glass Ceramic 2, Titan korpus
Qalinlik5.8 mm

Realme GT 7 – kuchli batareya va yuqori unumdorlik

Foto: Realme

Realme GT 7 modeli yangi Dimensity 9400e chipi bilan birinchi bo‘lib taqdim etildi. 6,78 dyuymli displeyi 6000 nit yorqinlikka ega bo‘lib, ko‘zni kam charchatadigan 2160 Gts PWM chastotasini taklif qiladi. 7000 mA·soat sig‘imli batareyasi va 120 Vt zaryadlash bilan u uzoq muddatli ishlash uchun ideal tanlovdir. IP69 himoyasi esa uni suv va changdan maksimal darajada himoya qiladi.

Foto: Realme
Texnik xususiyat
Tavsifi
Displey6.78″ LTPO AMOLED, 2780×1264 piksel, 6000 nit
ProtsessorMediaTek Dimensity 9400e (4 nm)
Kamera (orqa)50 MP (asosiy) + 50 MP (telefoto ×2) + 8 MP (ultrashirok)
Kamera (old)32 MP
Xotira12/256 GB, 12/512 GB
Batareya7000 mA·soat
Zaryadlash120 Vt simli, 7.5 Vt teskari simli
TizimAndroid 15, Realme UI 6.0
HimoyaIP69, Gorilla Glass 7i

Sony Xperia 1 VII – multimedia ixlosmandlari uchun

Foto: Sony

Sony kompaniyasining yangi flagmani Xperia 1 VII o‘zining simmetrik dizayni, to‘liq old stereo dinamiklari va yuqori sifatli ekran bilan e’tiborni tortadi. 6,5 dyuymli OLED displeyi 2340×1080 aniqlikda va 1500 nit yorqinlikda ishlaydi. 48 MP dan iborat uch kamerali tizim, Snapdragon 8 Elite chipi, microSD qo‘llab-quvvatlovi va IP65/IP68 himoyasi uni suratga olish, video va musiqa ishqibozlari uchun qulay qiladi.

Foto: Sony
Texnik xususiyat
Tavsifi
Displey6.5″ LTPO OLED, 2340×1080 piksel, 1500 nit
ProtsessorSnapdragon 8 Elite (3 nm)
Kamera (orqa)48 MP (asosiy) + 12 MP (periskop ×3.5–7.1) + 48 MP (ultrashirok)
Kamera (old)12 MP
Xotira12/256 GB, 12/512 GB + microSDXC
Batareya5000 mA·soat
Zaryadlash30 Vt simli, 15 Vt simsiz, teskari simsiz mavjud
TizimAndroid 15
HimoyaIP65/IP68, Gorilla Glass Victus 2
XususiyatStereo dinamiklar, notch yo‘q

Honor 400 Pro – kuchli kamera va energiya zaxirasi

Foto: Honor

Honor 400 Pro o‘zining kuchli 200 MP kamerasi, 6000 mA·soatli batareyasi va Snapdragon 8 Gen 3 chipi bilan yuqori samaradorlikni ta’minlaydi. 6,7 dyuymli AMOLED displey 5000 nit yorqinlik va 3840 Gts PWM ko‘rsatkichga ega. Bu model IP68/IP69 himoyasi, uzun muddatli dasturiy ta’minot yangilanishlari (6 yilgacha) va zamonaviy dizayn bilan ajralib turadi.

Foto: Honor
Texnik xususiyat
Tavsifi
Displey6.7″ AMOLED, 2800×1280 piksel, 5000 nit, 3840 Gts PWM
ProtsessorSnapdragon 8 Gen 3 (4 nm)
Kamera (orqa)200 MP (asosiy) + 50 MP (telefoto ×3) + 12 MP (ultrashirok)
Kamera (old)50 MP + 2 MP (chuqurlik sensori)
Xotira12/256 GB, 12/512 GB
Batareya6000 mA·soat
Zaryadlash100 Vt simli, 50 Vt simsiz, 5 Vt teskari simli/simsiz
TizimMagicOS 9 (Android 15), 6 yil yangilanish
HimoyaIP68/IP69

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri eng ko‘p sotilgan smartfonlar haqida yozgan edi.

Shuningdek