Toshkentda Hayit kuni jamoat transporti harakati soat 03:00 dan boshlanadi

eʼlon qilindi
Avtobuslar va metro liniyalari
Jamoat transporti harakati 03:00 dan boshlanadi / Foto: Toshkent shahar transport bosh boshqarmasi

2025-yil 6-iyun, juma kuni Qurbon hayiti arafasida Toshkent shahrida jamoat transporti – avtobuslar va metro liniyalari odatdagidan ancha erta, soat 03:00 dan qatnovni boshlaydi. Bu haqda Toshkent shahar transport bosh boshqarmasi xabar berdi.

Ushbu tadbir poytaxt aholisi va mehmonlarining hayit namozida bemalol qatnashishini ta’minlashga qaratilgan.

2025-yil Qurbon hayiti namozi vaqtlari e’lon qilindi. Joriy yilda Qurbon hayiti namozi 6-iyun, juma kuni O‘zbekiston bo‘ylab barcha jome masjidlarda ado etiladi. Toshkent shahrida hayit namozi ertalab soat 05:10 da boshlanadi. Boshqa shaharlar bo‘yicha ma’lumotni ushbu havola orqali o‘qishingiz mumkin.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Urganch shahriga 30 ta zamonaviy avtobus olib kelingani haqida yozgandi.

Shuningdek