
3-iyunga o‘tar kechasi Turkiyaning janubiy viloyatlarida zilzila yuz berdi. Uning epitsentri Marmaris kurorti yaqinidagi dengizda joylashgan. Bu haqda mamlakat ichki ishlar vaziri Ali Yerlikaya ma’lum qildi.
Yer silkinishlari magnitudasi 5,8 ballni tashkil qilgan. Soʻnggi ma’lumotlarga koʻra, tabiiy ofat oqibatida 69 kishi jabrlangan. Ularning ko‘pchiligi uylarining derazalaridan sakrash chog‘ida jarohatlangan. 46 jabrlanuvchi tibbiyot muassasalarida qolmoqda.
Shuningdek, yer osti silkinishlari vaqtida vahima xurujiga uchragan o‘smir qiz halok bo‘lgani ma’lum qilindi.
Rasmiylarga ko‘ra, zilzila hech qanday binoning qulashiga olib kelmagan. Mutaxassislar uylar va binolarni tekshirishda davom etmoqda. Kommunal tarmoqlarning ishlashi buzilmagan.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri FVV magnit bo‘roni tufayli yuzaga kelgan zilzila haqidagi mish-mishlarni rad etgani haqida yozgan edi.