Fan

Venera sayyorasini o‘rganish uchun yangi kubsun’iy yo‘ldoshlar yaratilmoqda

3-iyun 2025 07:45 eʼlon qilindi

Hafiza Muxtorova

Hafiza Muxtorova

Muxbir h.muxtorova@kursiv.media
Venera sayyorasini o‘rganish uchun yangi kubsun’iy yo‘ldoshlar yaratilmoqda / Foto: Kongsberg NanoAvionics

Janubiy Koreya Fundamental fanlar instituti (IBS) va Litvaning NanoAvionics kompaniyasi hamkorligida Venera sayyorasini o‘rganishga qaratilgan beshta 8U hajmdagi kubsun’iy yo‘ldosh (kubsat) ishlab chiqilmoqda. Bu haqda Payloadspace nashri ma’lum qildi.

Dastlabki qurilma – CloveSat-1 2026-yilda Yer atrofidagi past orbitaga uchiriladi. Keyingi yo‘ldoshlar esa har uch yilda bir marotabadan, 2040-yillargacha uchiriladi.

Sun’iy yo‘ldoshlar ultrabinafsha va yaqin infraqizil to‘lqinlarda kuzatuv olib boruvchi asboblar bilan jihozlanadi. Bu orqali Veneradagi atmosferaning tarkibi va bulutlar harakati tahlil qilinadi. Olimlar quyosh nurlari sirtga qanday aks etishini uzoq muddat davomida kuzatishni va bu ma’lumotlarni boshqa observatoriyalar ma’lumotlari bilan birlashtirishni rejalashtirmoqda.

Loyiha kichik sun’iy yo‘ldoshlar orqali nisbatan arzon va barqaror ilmiy ma’lumotlar olish imkonini beradi. Agar NASA va ESA tomonidan rejalashtirilgan yirik missiyalar moliyalashtirilmasa, CloveSat loyihasi Venera haqidagi asosiy ilmiy manbaga aylanishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoy olimlari fazoviy stansiyasida yangi bakteriya kashf etgan edi.

Shuningdek