
O‘zbekiston milliy terma jamoasi va «SSKA» futbolchisi Abbosbek Fayzullayev 5-iyun sanasidagi BAAga qarshi o‘yin oldidan intervyu berdi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi ma’lum qildi.
«Kubokni qo‘lga kiritganimdan juda xursandman. (Kubok) Uchrashuv oldidan juda muhim edi. Oldimizda muhim o‘yin kutib turibdi. Biz tayyormiz. Jamoamiz jangovar kayfiyatda, tayyorgarlik ham yuqori darajada. Xudo xohlasa, oldimizga qo‘yilgan vazifani bajarib, Jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritamiz», — deydi Fayzullayev.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonlik – BAA o‘yini 5-iyun kuni «Al Nahayan» stadionida Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da boshlanadi . Amirlik rahbariyati jamoamiz muxlislari uchun sport arenasidan 960 o‘rin ajratgan.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri O‘zbekiston – Qatar o‘yini chiptalarining narxi qancha ekanligi haqida yozgan edi.