Bayram kunlari Samarqandga qo‘shimcha «Afrosiyob» qo‘yiladi, 5-iyunga biletlar tugagan
eʼlon qilindi
5, 6, 7, 8-iyun kunlari

Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan «Afrosiyob» elektropoyezdining qo‘shimcha qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda «Temiryo‘lekspress» xabar berdi.
Unga ko‘ra 5, 6, 7, 8-iyun kunlari Samarqand – Toshkent – Samarqand yo‘nalishida tezyurar poyezd quyidagi jadval asosida harakatlanadi:
- Samarqand – Toshkent: Samarqanddan jo‘nash 10:55, Toshkentga yetib kelish 13:15;
- Toshkent – Samarqand: Toshkentdan jo‘nash: 13:56, Samarqandga yetib kelish 16:14.
Chiptalar narxi ekonom ta’rifda 270 ming so‘m, biznes ta’rifda 396 ming so‘m va Vip ta’rifda 545 ming so‘m.
Kursiv muxbiri uzrailway.uz saytida 5-iyun uchun allaqachon bilet tugaganini keltirib o‘tadi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Qurbon hayiti 6-iyun kuni nishonlanishi haqida yozgandi.