Yangiliklar

Bayram kunlari Samarqandga qo‘shimcha «Afrosiyob» qo‘yiladi, 5-iyunga biletlar tugagan

5, 6, 7, 8-iyun kunlari
Скоростной поезд «Афросиаб»
Bayram kunlari Samarqandga qo‘shimcha «Afrosiyob» qo‘yiladi / Foto: dmitryi / depositphotos

Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan «Afrosiyob» elektropoyezdining qo‘shimcha qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda «Temiryo‘lekspress» xabar berdi.

Unga ko‘ra 5, 6, 7, 8-iyun kunlari Samarqand – Toshkent – Samarqand yo‘nalishida tezyurar poyezd quyidagi jadval asosida harakatlanadi:

  • Samarqand – Toshkent: Samarqanddan jo‘nash 10:55, Toshkentga yetib kelish 13:15;
  • Toshkent – Samarqand: Toshkentdan jo‘nash: 13:56, Samarqandga yetib kelish 16:14.

Chiptalar narxi ekonom ta’rifda 270 ming so‘m, biznes ta’rifda 396 ming so‘m va Vip ta’rifda 545 ming so‘m.

Kursiv muxbiri uzrailway.uz saytida 5-iyun uchun allaqachon bilet tugaganini keltirib o‘tadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Qurbon hayiti 6-iyun kuni nishonlanishi haqida yozgandi.