Bayram munosabati bilan O‘zbekiston – Qatar o‘yiniga chipta sotish kassalari ishlamaydi

4-iyun 2025 17:55 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Bayram munosabati bilan O‘zbekiston – Qatar o‘yiniga chipta sotish kassalari ishlamaydi / Foto: O‘FA

Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan O‘zbekiston – Qatar o‘yiniga chipta sotish kassalari ishlamaydi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (O‘FA) xabar bermoqda.

O‘FAning ma’lum qilishicha, «JCH – 2026» uchinchi saralash bosqichi so‘nggi turidan o‘rin olgan O‘zbekiston va Qatar terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin uchun chiptalar 4 va 5-iyun kunlari ham sotilishda davom etadi. Ammo Qurbon hayiti nishonlanadigan 6-iyun kuni barcha kassalar yopiladi. Sotuvlar 7-iyundan boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy terma jamoasi Qatarga qarshi uchrashuvi 10-iyun kuni «Milliy» («Bunyodkor») stadionida bo‘lib o‘tadi. Ushbu uchrashuv uchun chiptalar 3-iyundan boshlab oflayn savdoga chiqarilgani haqida yozgan edik.

Shuningdek