Beelab va Ipoteka bank OTP Group raqamli moliyaviy mahsulotlar sohasida strategik hamkorlikni e’lon qildi

2025-yil 3-iyun – «Beelab» AJ (Beepul fintek xizmati) va «Ipoteka Bank OTP Group» raqamli moliyaviy yechimlarni ishlab chiqish va joriy etish sohasida strategik hamkorlikni boshlash uchun o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladilar. Tomonlar xususiy mijozlar va kichik biznesga mo‘ljallangan integratsiyalashgan kredit, omonat va bank kartalari xizmatlarini birgalikda yaratish bo‘yicha kelishib oldilar.
Hamkorlikning birinchi bosqichida 2025-yilning yaqin oylarida Beepul ilovasida mavjud bo‘ladigan kobrend kartalar va raqamli mikrokreditlarni ishga tushirish rejalashtirilgan. Kelajakda tomonlar takliflar qatorini kengaytirishni ko‘zda tutmoqda: omonat mahsulotlari, shuningdek, UZCARD va HUMO virtual hamda jismoniy kartalarini chiqarish.
«Ipoteka bank faol rivojlanish davrida, ayniqsa OTP xalqaro bank guruhiga qo‘shilgandan so‘ng, asosiy hamkorliklar orqali imkoniyatlarimiz kengaydi. Biz ushbu hamkorlikni zamonaviy raqamli yechimlar yordamida moliyalashtirishni yanada qulayroq qilishning strategik imkoniyati sifatida baholamoqdamiz. Bu qulay, texnologik va mijozga yo‘naltirilgan bankni yaratish yo‘lidagi muhim qadamdir», – dedi «Ipoteka bank OTP Group» boshqaruvi raisi o‘rinbosari Dmitriy Sapronov.

«Beepul allaqachon kundalik xarajatlarni to‘lash va boshqarishning odatiy vositasiga aylandi. «Ipoteka Bank OTP Group» bilan hamkorlik bizga platforma ekotizimini kengaytirish va foydalanuvchilarga o‘zlariga tanish bo‘lgan raqamli shaklda kreditlar, omonatlar va kartalardan foydalanish imkoniyatini taqdim etishga yordam beradi. Biz moliyaviy xizmatlar qulay, shaffof va doimo qo‘l ostida bo‘lishiga intilamiz», – deya ta’kidladi Beelab AJ (Beepul fintex xizmati) direktori Anatoliy Pavlinov.
Hamkorlar texnik integratsiyaga kirishgan qo‘shma loyiha jamoasini tuzishgan. «Hozir sotib ol, keyinroq to‘la» (BNPL) formatidagi mahsulotlarni ishga tushirish, shuningdek, xalqaro to‘lov tizimlarining kobrend kartalarini chiqarish istiqbolli yo‘nalishlar qatoriga kiradi.
Beepul servisi haqida
Beepul – O‘zbekiston Respublikasida 1000 dan ortiq xizmat va servislar uchun to‘lovlarni amalga oshirishda universal yordamchi. Bitta ilova va mobil telefonda bir nechta harakat orqali kommunal xizmatlar, mobil aloqa, internet, onlayn xizmatlar uchun to‘lovlar va boshqa imkoniyatlardan foydalanish mumkin. Beepul O‘zbekistondagi barcha aloqa operatorlari mijozlariga kartalar orasida tezkor pul o‘tkazmalarini, to‘lovlarni boshqarishni va o‘ziga xos sodiqlik dasturini taklif etadi: barcha amaliyotlar uchun Beep-bonuslarini hisoblash. Beeline Uzbekistan’dan avtomatik to‘lovlar, bonus dasturlari va maxsus takliflardan foydalaning. Beepul bilan qulay, tez va xavfsiz to‘lovlarni amalga oshiring.
Beepul ilovasini AppStore va GooglePlay orqali yuklab oling
Telegram: @beepuluzb
Facebook: @beepul.uz
***
Ipoteka bank haqida
Ipoteka bank – O‘zbekistondagi yetakchi bank muassasasi va 2023-yildan xalqaro OTP guruhining a’zosi sifatida faoliyat ko‘rsatib keladi. Bank guruh tarkibiga kirgach keng ko‘lamli transformatsiya jarayonlari kuzatildi, xususan, ixtisoslashtirilgan ipoteka muassasasidan rivojlangan raqamli va korporativ infratuzilmaga ega universal bankka aylanmoqda.
2024-yilda Ipoteka bank yuqori natijalarga erishdi: sof foyda 1,84 trillion so‘m (taxminan 145 million AQSh dollari), kapital rentabelligi (ROE) – 30%, xarajatlar daromadga nisbati esa 38% ga qisqardi. Bankning mijozlar bazasi esa 1,7 milliondan oshdi.
Reklama huquqlari asosida