Farg‘onada 7,6 milliard so‘mlik tabiiy gazdan o‘g‘rincha foydalangan kulolchilik sexi aniqlandi
eʼlon qilindi
Gaz quvuriga noqonuniy ulanib, gazdan o‘g‘rincha foydalangan

Farg‘ona shahrida joylashgan kulolchilik sexi gaz quvuriga noqonuniy ulanib, gazdan o‘g‘rincha foydalangan holat aniqlandi, deb xabar berdi Energetika vazirligi.
«Jo‘ydam» MFY hududida istiqomat qiluvchi fuqaroning mulki hisoblangan kulolchilik sexida tabiiy gaz hisoblagichidan tashqari gaz tarmog‘iga ruxsatsiz ulanish amalga oshirilgani aniqlandi.
Mazkur holat bo‘yicha dalolatnoma rasmiylashtirilib, sarflangan gaz miqdori qayta hisob-kitob qilindi va natijada 7,66 mlrd so‘mlik zarar aniqlangan.
Bundan tashqari, yuzaga kelgan qonunbuzarlik bo‘yicha barcha zarur hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshirildi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Farg‘onada fermer xo‘jaligi 1,8 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangani haqida yozgandi.