
Honor 400 Pro smartfonining batareyasi bir nechta qurilmalar bilan taqqoslandi. Bu haqda GSMArena nashri xabar bermoqda.
Telefon 100 Vt simli va 50 Vt simsiz zaryadli 5300 mA/soat batareyaga ega. Bu Honor 200 Pro‘dan 100 mA/soat ko‘proq, lekin Yevropadan tashqarida sotilgan versiyadan ham 700 mA/soat kam. Simli quvvatlash tezligi bir xil, ammo simsiz tezlik 66 Vt dan kamayadi.

Honor 400 Pro o‘zidan oldingisiga nisbatan yaxshiroq faol foydalanish ko‘rsatkichiga erishgan. Bu esa umumiy 3 soatga yaqinroq degani. 400 Pro barcha toifalar bo‘yicha 200 Pro‘ni ortda qoldirgan.


Smartfon qo‘ng‘iroq qilishda taxminan 8 soat, ko‘rish testida qariyb 4 soat, videoni ko‘rishda taxminan 3 yarim soat va o‘yinda qariyb 40 daqiqa ko‘proq vaqt sarfladi.
Smartfon tez zaryandlanish bo‘yicha ikkinchi o‘rinni egalladi.
Ma’lumot o‘rnida, Honor 400 Pro — 2024-yilning yozida taqdim etilgan yuqori darajadagi smartfon bo‘lib, o‘zining kuchli texnik jihatlari va zamonaviy dizayni bilan ajralib turadi. Qurilma sun’iy intellekt yordamida ishlov beruvchi kamera tizimi, kuchli protsessor va tezkor quvvatlash texnologiyasi bilan jihozlangan.
Smartfon 6,78 dyuymli OLED ekran bilan ta’minlangan bo‘lib, 2700×1224 piksel aniqlikka ega va 120 Gts yangilanish chastotasini qo‘llab-quvvatlaydi. Ekran 10 bitli rang chuqurligi, HDR va yuqori yorqinlik darajasi bilan aniq va tiniq tasvirlarni taqdim etadi.
Avvalroq Honor 400 Pro Xitoyda 7200 mA/soat bilan sotuvga chiqqani haqida yozgan edik.