«Kelajakka qaytib» filmidagi avtomobil sotuvga qo‘yildi

4-iyun 2025 11:00 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
«Kelajakka qaytib» filmidagi avtomobil sotuvga qo‘yildi / Foto: Auto.ru

«Kelajakka qaytib» filmidagi afsonaviy DeLorean DMC-12 kupe modeli Sankt-Peterburgda savdoga qo‘yildi. Mashina AQShdan olib kelingan va Rossiyada faqat bir egasi bo‘lgan. 1981-yilda ishlab chiqarilgan avtomobilning yurilgan masofasi bor-yo‘g‘i 29 ming kilometrni tashkil qiladi. Bu haqda Auto.ru xabar bermoqda.

Avtomobil faqat ko‘rgazmalar va avto anjumanlarda qatnashadi, qishda ishlatilmaydi. Mashina issiq garajda saqlanadi. Sotuvchining aytishicha, AQShdagi texnik xizmat hujjatlari, original qo‘llanmalar, zavodda ishlab chiqarilgan parvarish vositalari, filmda ko‘rsatilgan sport almanaxi nusxasi, DeLorean muallifi Jon DeLorean yozgan kitob nusxasi ham bor.

Foto: Auto.ru

Kapot ostida 2,9 litrli, 150 ot kuchiga ega PRV (Peugeot-Renault-Volvo) V6 dvigatel o‘rnatilgan. U 3 pog‘onali avtomatik uzatma bilan ishlaydi. Mashinaning maksimal tezligi – 200 km/soat, 0 dan 100 km/soatgacha tezlashuvi esa 8 soniyani tashkil etadi.

Narxi 13 mln rubl, ya’ni qariyb $165 ming. Bu mablag‘ga yangi Mercedes-Benz E klassi yoki Land Cruiser 300 xarid qilish mumkin. Biroq DeLorean DMC-12 ko‘p yillardan beri madaniyat ramziga aylangan mashina hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Toshkentda 1977-yilda ishlab chiqarilgan BMW $1,5 mingga sotuvga qo‘yilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek