Yangi MG 4 Electric modeli Yevropa bozoriga yo‘l oldi

4-iyun 2025 14:49 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
MGMotor
MG 4 Electric 2025-yilning eng zamonaviy elektromobili bo‘lishi mumkin / Foto: MGMotor

Xitoyning SAIC Motor kompaniyasi MG 4 Electric elektrokarining yangilangan versiyasini taqdim etdi. Bu haqda 32cars nashri xabar bermoqda.

Model ilk bor 2022-yilda Xitoyda namoyish etilgan bo‘lsa-da, endilikda u Yevropa bozoriga ham kirib kelmoqda. Kompaniya Yevropa patent byurosida yangi dizaynni ro‘yxatdan o‘tkazgan.

Foto: MGMotor

Yangi MG 4 Electric avvalgi avloddan farqli ravishda yumaloqroq va zamonaviy ko‘rinishga ega bo‘ldi. Avtomobil uzunligi 4,4 metrga yetdi, bu avvalgi modeldan 11 sm uzunroq. G‘ildirak bazasi ham 4 sm kengaydi va endi 2,75 metrni tashkil etadi. Bu esa salonda yanada kengroq joy bo‘lishini anglatadi.

Mashina 163 ot kuchiga ega elektromotor bilan jihozlangan. Avtomobilning og‘irligi 1485 kg bo‘lib, u shaharda harakatlanish uchun qulay variant sifatida tavsiya etilmoqda. Kelajakda kuchliroq versiyalari ham taqdim etilishi mumkin.

Foto: MGMotor

Ma’lumot o‘rnida, Yangi MG 4 Electric silliq, aerodinamik dizayn bilan ajralib turadi. Avvalgi avlodga qaraganda u yumaloqroq shakllarga ega. Uzoqligi 4,4 metr, g‘ildiraklar bazasi esa 2,75 metr. Bu salon ichida kenglikni oshirgan va qulaylik darajasini yaxshilagan.

Texnik xususiyatlar

  • Elektromotor quvvati: 163 ot kuchi (bazaviy model).
  • Batareya sig‘imi: 51 kWh yoki 64 kWh (versiyaga qarab).
  • Zaryad masofasi: taxminan 350–450 km (WLTP standarti bo‘yicha).
  • 0–100 km/soatgacha tezlanish: taxminan 7,7 soniya.
Foto: MGMotor

Unda tez zaryadlash (DC) imkoniyati mavjud, 35 daqiqada 10% dan 80% gacha quvvatlanadi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Volkswagen L9’ga raqobatlashadigan ERA – 2026 avtomobilini ishlab chiqarishi haqida yozgan edi.

Shuningdek