«Navoiy» chegara bojxona postiga qo‘shimcha kuchlar safarbar qilindi

eʼlon qilindi
Bojxona qo‘mitasi munosabat bilan chiqdi
«Navoiy» chegara bojxona postiga qo‘shimcha kuchlar safarbar qilindi / Foto: Bojxona qo‘mitasi

«Navoiy» chegara bojxona posti orqali harakatlar soni keskin ko‘paydi. So‘nggi sutkada postdan 40 ming fuqaro va 2 mingga yaqin yengil avtotransport vositalari harakatlandi. Bojxona qo‘mitasi axborot xizmati rahbari Husan Tangriyevning ta’kidlashicha, hayit bayrami kunlari bu raqamlar yanada ortishi mumkin.

Tangriyevga ko‘ra, ushbu holat yuzasidan ikki davlat chegara post rahbarlari uchrashuv o‘tkazadi. Hozirda «Navoiy» chegara bojxona postiga qo‘shimcha kuchlar safarbar qilingan.

«Shunday paytda Qozog‘iston va O‘zbekiston fuqarolariga kunduz kuni 08:00 dan 18: 00 gacha Sirdaryo viloyatidagi «Oqoltin» va «Malik» postlari orqali foydalanish tavsiya etiladi», — deydi Tangriyev

Video: Husan Tangriyev telegram kanali

«Navoiy» chegara bojxona postida yengil avtotransport vositalarining nazorati uchun 5-10 daqiqa vaqt ketmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Qozog‘iston bilan chegarada 15 bosh iloni mavjud bo‘lgan ayol qo‘lga olingani haqida yozgan edi.

Shuningdek