Oʻzbekistonda tarvuz narxi tushdi
eʼlon qilindi
So‘nggi bir hafta ichida

Soʻnggi bir hafta ichida Oʻzbekistonda tarvuzning ulgurji narxlari deyarli uch barobar kamaydi. Bu haqda East Fruit portali xabar berdi.
Xususan, 23-maydan 30-maygacha boʻlgan davrda bozorlardagi oʻrtacha narx 1 kg uchun 7 ming soʻmdan 2,5 ming soʻmgacha tushib ketdi. Bu pasayish so‘nggi besh yildagi eng keskin arzonlashuv sifatida qayd etildi.
Mutaxassislar narxlarning tushishiga erta hosil sabab boʻlganini ta’kidlashmoqda. Bu yil dastlabki yirik tarvuz partiyalari o‘tgan yilga nisbatan bir hafta oldin savdoga chiqarilgan. East Fruit mutaxassislari fikricha, ichki bozordagi past narxlar eksport hajmining ortishiga olib keladi.
Avvalroq «Kursiv» nashri Oʻzbekistonda gilos narxining yuqoriligi haqida yozgandi.