Yangiliklar

Oylik maosh $1000 gacha: Mongoliyada qurilish sohasida bo‘sh ish o‘rinlari e’lon qilindi

Oshpaz, opalubkachi va yordamchi ishchi lavozimlari
Oylik maosh $1000 gacha: Mongoliyada qurilish sohasida bo‘sh ish o‘rinlari e’lon qilindi / Foto: BBC

«GlobalHR» agentligi Mongoliyada qurilish yo‘nalishida ishlash istagida bo‘lgan yurtdoshlarimizni ishga taklif etadi. Bu haqda Migratsiya agentligi ma’lum qildi.

Bo‘sh ish o‘rinlari soni – 50 ta. Ish haqi sinov muddatida $800, sinov muddatidan so‘ng esa $1000 va undan yuqori miqdorni tashkil etadi (to‘g‘ridan to‘g‘ri qo‘lga beriladigan summa).

Oshpaz, opalubkachi va yordamchi ishchi lavozimlari taklif etilmoqda. 25 yoshdan 45 yoshgacha bo‘lgan erkaklar murojaat qilishi mumkin. Ish jismoniy kuch talab etgani sababli, nomzodlar og‘ir mehnat sharoitlariga moslasha olishi zarur. Shuningdek, tanlangan kasb yo‘nalishi bo‘yicha tajribaga ega bo‘lish talab etiladi.

Nomzodlarga bir qator qulayliklar taqdim etiladi. Ular uchun bepul turarjoy va kunlik uch mahal ovqat bilan ta’minlanadi. Bundan tashqari, viza rasmiylashtirish xarajatlari va aviachipta ham agentlik tomonidan qoplanadi.

Onlayn ro‘yxatdan o‘tish uchun ushbu havola orqali murojaat qilishingiz mumkin. Qo‘shimcha ma’lumot va yangiliklar esa agentlikning rasmiy Telegram kanalida. E’londa keltirilgan barcha ma’lumot uchun «GlobalHR» xususiy bandlik agentligi to‘liq mas’ul hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq xorijda ishga joylashtirish xizmatlari uchun haq undirish tartibi bekor qilinishi haqida yozgan edik.