O‘zbekiston Markaziy banki oltin sotishda yetakchilikni saqlab turibdi – WGC

eʼlon qilindi
2025-yil aprelda Markaziy bank 11 tonna oltin sotgan
O‘zbekiston Markaziy banki oltin sotishda yetakchilikni saqlab turibdi – WGC / belchonock / depositphotos.com

2025-yil aprel oyida Markaziy bank 11 tonna oltin sotgan. Bu haqda Jahon oltin kengashi (World Gold Council – WGC) xabar berdi.

O‘zbekiston Markaziy banki ketma-ket uch oy davomida qimmatbaho metallning eng yirik sotuvchisi bo‘lib qolmoqda.

Joriy yilning to‘rt oyi davomida bank jami 26 tonna oltin sotgan.

Agar oltin eksporti haqida gapiradigan bo‘lsak, to‘rt oy ichida O‘zbekiston xorijga $5,4 mlrd.dan ortiq qiymatda oltin yetkazib bergan.

Goldman Sachs tahlilchilari bahor oylarida bu yil oltin narxi $3,7 minggacha oshishini taxmin qilishgandi. Ilgari bu ko‘rsatkich bir unsiya uchun $3,3 ming bo‘lishi prognoz qilingan.

2025-yil oxiri va 2026-yilda oltin narxi qanday o‘zgaradi

JPMorgan baholashiga ko‘ra, 2025-yil oxiriga kelib oltin narxi $3,7 mingga yetishi, 2026-yilning II choragida esa $4 mingdan oshishi mumkin. Bunga sabab sifatida oltinning real foiz stavkalari bilan an’anaviy salbiy bog‘liqligi zaiflashgani va markaziy banklar tomonidan o‘rtacha choraklik xaridlar hajmining 120 tonnadan 280 tonnagacha oshgani ko‘rsatilmoqda.

Ikki asosiy ssenariy ko‘rib chiqilmoqda:

  • Mojarolar keskin kuchaygan taqdirda narx $4 mingdan yuqoriga ko‘tarilishi;
  • Vaziyat ijobiy bo‘lsa, narx $3,2 – $3,5 ming oralig‘ida konsolidatsiyalanishi.

$3,5 – $3,8 ming oralig‘idagi neytral zona esa kam ehtimolli deb baholanmoqda.

Mutaxassislarning fikricha, retsessiya xavfi sababli markaziy banklar va oltin bilan bog‘liq fondlar ushbu qimmatbaho metallga bo‘lgan talabni kutilganidan ko‘proq oshiradi.

Avvalroq «Kursiv» nashri O‘zbekistonda zargarlik sohasini rivojlantirish bo‘yicha yangi markazlar ochilishini yozgan edi.

Shuningdek