O‘zbekistonda nodavlat notijorat tashkilotlar xorijiy safarlar haqida xabar berishi shart bo‘ladi

eʼlon qilindi
2025-yilning 30-avgustidan boshlab
Xorijiy safarlar haqida xabar berish shart / d.travnikov / depositphotos.com

2025-yilning 30-avgustidan boshlab O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan nodavlat notijorat tashkilotlari (NNT) o‘z xodimlarining chetga safarlari haqida Adliya vazirligiga oldindan xabar berishi shart bo‘ladi. Bu haqda Adliya vaziri buyrug‘i qabul qilindi.

Buyruqqa ko‘ra, xabarnoma safar boshlanishidan kamida yetti kun oldin yuborilishi kerakligi ta’kidlangan.

Xabarnomada safarning asoslari va maqsadi, moliyalashtirish manbalari hamda uchrashuv yoki tadbir o‘tkaziladigan manzil ko‘rsatilishi lozim.

Bildirishnoma shakli bilan ushbu static.norma.uz saytdan olishingiz mumkin.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan endilikda nodavlat notijorat tashkilotlari mablag‘lari haqida ommaga ochiq ma’lumot berib borishi haqida yozgandi.

Shuningdek