O‘zbekistonda Qurbon hayiti kunlari jamoat transporti ertaroq harakatlana boshlaydi

eʼlon qilindi
Metro harakati esa soat 03:00 da boshlanadi
Avtobus
O‘zbekistonda Qurbon hayiti kunlari jamoat transporti ertaroq harakatlana boshlaydi / Foto: Transport vazirligi

Qurbon hayiti munosabati bilan 2025-yil 6-iyun kuni butun O‘zbekiston bo‘ylab jamoat transporti odatdagidan ertaroq harakatlana boshlaydi. Bu haqda Transport vazirligi ma’lum qildi.

Foto: Transport vazirligi

Unga ko‘ra, mazkur chora-tadbirlar namozga o‘z vaqtida yetib borishni osonlashtirish va yo‘llardagi tirbandliklarni kamaytirishga qaratilgan. Fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida jamoat transportidan foydalanish tavsiya etiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda Hayit kuni jamoat transporti harakati soat 03:00 dan boshlanishi haqida yozgan edik.

Shuningdek