TDTUda O‘zbekiston – Xitoy transport fakulteti yo‘lga qo‘yildi

eʼlon qilindi
Magistratura va PhD grant sertifikatlari ham taqdim etildi
TDTUda O‘zbekiston – Xitoy transport fakulteti yo‘lga qo‘yildi / Foto: TDTU

2025-yil 3-iyun kuni Toshkent davlat transport universitetida O‘zbekiston – Xitoy transport fakulteti rasman ochildi. Bu haqda universitet rasmiy sahifasida ma’lum qilindi.

Tadbirda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Shohrux Daliyev hamda universitet rahbariyati ishtirok etdi.

Shuningdek, Xitoyning Shensi provinsiyasi delegatsiyasi, jumladan, gubernator Zhao Gang va Changan universiteti vakillari ham qatnashdi. Ular yangi fakultetning ochilishida ishtirok etib, Changan universiteti tomonidan ajratilgan 40 ta magistratura va PhD grant sertifikatlarini talabgorlar orasida taqdim etdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston eksport mahsulotlari Qirg‘iziston orqali Xitoyga yuborilishi haqida yozgan edik.

Shuningdek