
11-iyundan boshlab «Uzautotrans Service» tomonidan Toshkent – Cho‘lpon-ota (Issiq-ko‘l) yo‘nalishida mavsumiy avtobus qatnovlari boshlanadi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.
Qatnovlar har kuni zamonaviy Yutong avtobuslarida amalga oshiriladi. Poytaxtdan avtobuslar soat 15:00 da Toshkent avtovokzalidan yuradi. Chipta narxi 300 000 so‘m.
Qo‘shimcha ma’lumot uchun +998 71 207-87-00, +998 94 131-99-99, +998 88 666-15-15 raqamlariga qo‘ng‘iroq qilish mumkin.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan bayram kunlari Samarqandga qo‘shimcha «Afrosiyob» qo‘yilishi haqida yozgandi.