Yangiliklar

Toshkentga kelayotgan 361 kilogramm eshak go‘shti to‘xtatib qolindi

Sirdaryo viloyati IIBning maxsus guruhi tomonidan
Toshkentga kelayotgan 361 kilogramm eshak go‘shti to‘xtatib qolindi / Foto: Videodan olindi

Sirdaryo viloyatida Qarshi – Toshkent yo‘nalishida harakatlanayotgan Lacetti avtomobilining yukxonasida 361 kilogramm noma’lum go‘sht mahsulotlari borligi aniqlangan. Bu haqda «Millar» ko‘rsatuvida ma’lum bo‘ldi.

Haydovchi go‘sht o‘ziga tegishli emasligini va uni boshqa manzilga olib ketayotganini ta’kidladi.

Go‘sht namunasi Sirdaryo viloyati Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi laboratoriyasiga topshirildi. Ekspertiza natijalariga ko‘ra, mahsulot eshak go‘shti ekani tasdiqlandi.

Sirdaryo viloyati IIBning maxsus guruhi tomonidan to‘xtatilgan transport vositasi ortilgan yuk qonunchilikka zid ekani sababli holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari boshlangan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan nima uchun go‘sht narxi qimmatlagani haqida yozgandi.