O‘zbekiston – Turkiya savdosi qisqardi: 43 million dollar pasayish kuzatildi

eʼlon qilindi
Rossiya eksport bo‘yicha yetakchilikni saqlab qolmoqda
Foto: Vaenma / www.depositphotos.com

Milliy statistika qo‘mitasi 2025-yil yanvar – aprel oylariga oid eksport ko‘rsatkichlarini e’lon qildi. Undan ko‘rinib turibdiki, O‘zbekistonning ayrim asosiy savdo hamkorlariga eksport hajmida o‘sish kuzatilgan bo‘lsa-da, ayrim davlatlarga yetkazib berish hajmi kamaymoqda. Jumladan, Turkiyaga eksport 2024-yilning shu davriga nisbatan sezilarli pasaydi.

2024-yilning yanvar – aprelida O‘zbekistonning Turkiyaga eksporti $378 mln.ni tashkil etgan bo‘lsa, 2025-yilning shu davrida bu ko‘rsatkich $335,4 mln.ga tushgan. Shu tariqa Turkiya O‘zbekiston eksportida egallagan 4-o‘rindan 5-o‘ringa tushdi.

Biroq boshqa yo‘nalishlarda sezilarli o‘sish qayd etilgan:

  • Rossiyaga eksport: 2024-yilda $1,02 mlrd → 2025-yilda $1,2 mlrd
  • Xitoyga eksport: $644,4 mln → $608,8 mln (biroz pasayish)
  • Afg‘onistonga eksport: $301,4 mln → $415,2 mln
  • Qozog‘istonga eksport: $383,9 mln → $405,7 mln
  • Fransiyaga eksport: $264,6 mln → $309,8 mln

Afg‘oniston, Qozog‘iston va Fransiya yo‘nalishlaridagi o‘sish O‘zbekiston eksportining yangi mintaqaviy ustuvor yo‘nalishlari shakllanayotganini ko‘rsatmoqda. Ayniqsa, Fransiya eksportda oltinchi o‘rindan beshinchi o‘ringa ko‘tarilgan bo‘lib, yirik savdo hamkorlariga aylanish yo‘lida sezilarli sur’at bilan harakat qilmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan mamlakat meva importi to‘rt baravar oshgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek