
Warner Bros. Discovery media korporatsiyasi aksiyadorlarining 60 foizi kompaniya rahbari Devid Zaslavga $51,9 mln miqdorida tovon puli va bonus to‘lovlariga qarshi chiqdi. Bu haqda New York Times nashri xabar bermoqda.
Zaslavning to‘lovlarini tanqid qilganlarning aytishicha, Warner Bros. Discovery aksiyalari 2022-yildan beri 59 foizga arzonlashgan. 2024-yilda aksiyalar 7 foizga qadrsizlangan.
Korporatsiyaning raqobatchilari Netflix va Disney ancha yaxshi ishlamoqda, ularning ulushi o‘tgan yili mos ravishda 80% va 24% ga oshgan.
O‘tgan yil davomida Netflix bosh direktor uchun umumiy miqdori $61,9 mln, Disney kompaniyasi esa $41,1 mln miqdorida bonuslar va tovon puli bergan.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri «Kalmar o‘yini»ning uchinchi mavsum qachon chiqishi ma’lum bo‘lgani haqida yozgan edi.