AQSh 12 mamlakat fuqarolariga kirishni taqiqladi

eʼlon qilindi
Yana 7 mamlakat fuqarolarining kirishi qisman cheklandi
AQSh 12 mamlakat fuqarolariga kirishni taqiqladi / Foto: LAT

AQSh prezidenti Donald Tramp 12 mamlakat fuqarolarining AQShga kirishini taqiqlovchi farmonni imzoladi.

Unga ko‘ra, mazkur mamlakatlar qatoriga Afg‘oniston, Myanma, Eron, Liviya, Somali, Sudan, Yaman, Chad, Kongo, Ekvatorial Gvineya, Eritreya va Gaiti kiradi. Shuningdek, Burundi, Kuba, Laos, Sierra-Leone, Togo, Turkmaniston va Venesuela fuqarolarining kirishi qisman cheklanishi ko‘zda tutilgan.

Bu farmon Trampning birinchi muddatidagi musulmon mamlakatlariga taqiq siyosatining davomidir, ammo sobiq prezident Jo Bayden uni bekor qilgan edi. Tramp yangi qarorida mamlakatlarda terrorchilar mavjudligi, vizalar xavfsizligi sohasidagi hamkorlikning yetishmasligi va sayohatchilarni tekshirishdagi muammolarni asos qilib ko‘rsatdi.

Somali hukumati AQSh bilan xavfsizlik masalalarida hamkorlik qilishga tayyorligini bildirdi, Venesuela esa AQShni tanqid qilib, o‘z fuqarolarini ogohlantirdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Trampning savdo urushi tufayli yetti million ish o‘rinlari xavf ostida qolishi haqida yozgan edik.

Shuningdek