
Bugun, 5-iyun kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2026-yilgi Jahon chempionati saralash bosqichi doirasida muhim o‘yinga chiqadi. Abu-Dabida bo‘lib o‘tadigan 3-bosqich 9-tur uchrashuvida terma jamoa BAA termasiga qarshi maydonga tushadi.
O‘zbekiston terma jamoasi uchun o‘yin muhim tarixiy ahamiyatga ega – agar jamoa ushbu bahsda g‘alaba qozonsa yoki durang qayd etsa, JCh yo‘llanmasini muddatidan avval kafolatlaydi.
O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da boshlanadi.
Bahsni avstraliyalik hakamlar brigadasi boshqaradi:
- Bosh hakam: Shon Evans
- Yon chiziq hakamlari: Jorj Lakrindis va Ouyen Goldrik
- To‘rtinchi hakam: Jonatan Barreyro
- VAR: Aleksandr King
Mamlakat futbol ishqibozlari bu o‘yinga katta umid bog‘lab turibdi. Murabbiy Timur Kapadze boshchiligidagi yigitlar bugun tarix yozishi mumkin. Ular 2026-yilda AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionatiga yo‘l olish arafasida turibdi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan mamlakat U-23 terma jamoasi Fransiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida mag‘lub bo‘lgani haqida xabar bergan edi.