Yangiliklar

ChatGPT’ning «premium» funksiyalaridan biri endi bepul bo‘ladi

Funksiya aksariyat davlatlarda allaqachon yoqildi
ChatGPT’ning «premium» funksiyasi endi bepul / Foto: Forbes

OpenAI mashhur ChatGPT sun’iy intellektiga foydalanuvchilar bilan suhbatni eslab qolish imkonini bepul versiyada ham taqdim eta boshladi. Bungacha bu faqat pullik (Pro va Plus) obunachilar uchun mavjud edi.

OpenAI rahbari Sem Altmanning aytishicha, bepul foydalanuvchilar «xotira funksiyasining yengil versiyasi»dan foydalanishlari mumkin. Bu suhbat davomida qisqa muddatli ma’lumotlarni eslab qolish va foydalanuvchi istaklarini yuzaki tushunish imkonini beradi.

Yangi funksiyaning yordami bilan ChatGPT sizga nimalar afzalligini eslab qoladi va kerakli paytda tavsiyalar beradi. Foydalanuvchilar, shuningdek, neyrotarmoq nima eslab qolganini ko‘rish va boshqarish imkoniyatiga ega.

Xotira funksiyasi aksariyat davlatlarda avtomatik yoqilgan, biroq Yevropa Ittifoqi va ba’zi boshqa mamlakatlarda uni qo‘lda faollashtirish kerak bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Telegram’da Grok sun’iy intellektli chatboti ishga tushirilishi haqida yozgan edik.