
O‘zbekiston Respublikasi valyuta birjasi (UZCE) ma’lumotlariga ko‘ra, 5-iyun kuni dollar kursi 54,29 so‘mga pasayib, 12 777,52 so‘m etib belgilandi.
- Oldingi kurs (4-iyun): 12 831,81 so‘m;
- Yangi kurs (5-iyun): 12 777,52 so‘m;
- O‘zgarish: −54,29 so‘m.
| Sana | Kurs (so‘m) |
| 28-may | 12 831,13 |
| 29-may | 12 768,26 |
| 30-may | 12 790,43 |
| 2-iyun | 12 834,61 |
| 3-iyun | 12 857,35 |
| 4-iyun | 12 831,81 |
| 5-iyun | 12 777,52 |
Shuningdek, Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yevro 15,80 so‘mga tushib, 14 590,65 so‘mni, rubl esa 2,21 so‘mga oshib, 161,54 so‘mni tashkil qildi.
Banklardagi eng maqbul kurslar
«Pultop» kanali ma’lum qilishicha, 5-iyun kuni dollarning maqbul kurslari quyidagi banklarda kuzatilgan:
Banklarga sotish (USD – UZS):
- «Anorbank» – 12 820 so‘m;
- «Kapitalbank» – 12 820 so‘m;
- «NBU» – 12 820 so‘m.
Banklardan sotib olish (UZS – USD):
- «Apex bank» – 12 850 so‘m;
- «SQB» – 12 855 so‘m;
- «Anorbank» – 12 860 so‘m.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan may oyida dollar kursi qanday o‘zgargani haqida yozgandi.