Fayzullayev Rossiya Premer-ligasining eng qimmat futbolchilari ro‘yxatiga kirdi

5-iyun 2025 12:49 eʼlon qilindi

(5-iyun 2025 19:11 yangilandi)
Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Temur Djanzakov

Temur Djanzakov

Muxbir t.jonizoqov@kursiv.media
Аббосбек Файзуллаев
Fayzullayev Rossiya Premer-ligasining eng qimmat futbolchilari ro‘yxatiga kirdi / Foto: UFA

«SSKA» jamoasida to‘p surayotgan o‘zbekistonlik Abbosbek Fayzullayev Rossiya Premer-ligasining (RPL) eng qimmat futbolchilari ro‘yxatiga kirdi. Bu haqda Transfermarkt xabar bermoqda.

Fayzullayevning bozor qiymati shu yilning iyun oyi boshida 8 mln yevroni tashkil qilgandi. Eng qimmat futbolchilar reytingida futbolchining jamoadoshlari – Villian Rocha, Igor Diveev, Matvey Kislyak ham joy oldi.

Bundan tashqari, Fayzullayev 5 iyun kuni bo‘lib o‘tadigan BAAga qarshi o‘yinda ishtirok etish uchun O‘zbekiston milliy terma jamoasiga chaqirilgan. Futbolchining so‘zlariga ko‘ra, uning jamoadoshlari jangovar kayfiyatda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri bugun O‘zbekiston Jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritishi mumkinligi haqida yozgan edi.

Shuningdek