Germaniya armiyasini 60 ming askarga ko‘paytiradi

eʼlon qilindi
Bu bilan umumiy ko‘rsatkich 260 mingga yetkazilishi kutilmoqda
Germaniya armiyasini 60 ming askarga ko‘paytiradi / Foto: ERR

Germaniya yangi NATO talablariga binoan qurolli kuchlarini 60 ming askarga oshiradi. Bu haqda mamlakat mudofaa vaziri Boris Pistoriusga tayanib, Reuters ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, mazkur qaror Rossiya tahdidlariga qarshi NATO kuchlarini mustahkamlash maqsadida qabul qilindi.

Hozirda Germaniya armiyasi soni 203 ming atrofida bo‘lsa, yangi rejalarga ko‘ra, bu ko‘rsatkich 260 mingga yetkazilishi kerak. NATO Germaniyadan yetti qo‘shimcha brigada – taxminan 40 ming askar ajratishni so‘ramoqda.

Ko‘p sonli askarlarni jalb qilish esa Berlin uchun katta sinov bo‘ladi. Shu sababli Germaniyada 2011-yilda to‘xtatilgan harbiy majburiyatni tiklash masalasi yana muhokamaga tushishi mumkin.

Hozircha mamlakatda ko‘ngilli harbiy xizmatni kengaytirish rejalashtirilmoqda. Shu bilan birga, harbiy infratuzilmani rivojlantirish va yoshlarni armiyaga jalb etish bo‘yicha ishlar davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buyuk Britaniya va Germaniya yangi uzoq masofali qurol ishlab chiqarishi haqida yozgan edik.

Shuningdek