
Italiyada yuqori maoshli ish izlayotgan yurtdoshlarimiz uchun «The Kasb» xususiy bandlik agentligi katta imkoniyat taqdim etmoqda. Bu haqda Migratsiya agentligi ma’lum qildi.
Qurilish sohasiga oid 100 ta bo‘sh ish o‘rni mavjud bo‘lib, ish haqi oyiga $1,2 mingni tashkil qiladi.
Ushbu imkoniyat logistika, muhandislik va qurilish yo‘nalishlarini o‘z ichiga oladi. Nomzodlardan 25–45 yosh oralig‘ida bo‘lishi, elektrotexnika yoki elektromexanika sohasida tajribaga ega bo‘lishi hamda italyan tilini kamida A2 darajada bilishi talab etiladi.
Ishchilar dastlab 6 oylik sinov muddatida faoliyat olib boradi. Sinov muddati muvaffaqiyatli yakunlangach, ularga 2 yillik rasmiy mehnat shartnomasi taklif etiladi.
Ish beruvchi tomonidan turar joy bilan ta’minlash va xizmat mashinasidan foydalanish imkoniyati yaratiladi. Shuningdek, har bir ish kuniga 8 yevro miqdorida ovqatlanish uchun kompensatsiya beriladi.
Ishga joylashish istagida bo‘lganlar quyidagi havola orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin. Batafsil ma’lumot uchun 94 993 22 22 raqamiga murojaat qilishingiz yoki @Thekasb_xba Telegram kanalini kuzatishingiz mumkin.