Jennifer Lopes konserti uchun chiptalar sotuvga chiqdi, narxi qancha

5-iyun 2025 12:22 eʼlon qilindi

Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir
Toshkentda o‘tkaziladigan Jennifer Lopes konserti / Foto: arp / depositphotos.com

Jennifer Lopesning Toshkentdagi konserti 7-avgust kuni «Milliy» (sobiq «Bunyodkor») stadionida bo‘lib o‘tadi. Ushbu konsert uchun chiptalar bugun, 5-iyundan onlayn savdoga chiqarildi.

Foto: iticket.uz

Chiptalar narxlari quyidagicha:

  • VIP Standing (sahna oldidagi to‘q sariq zona): 3,510 mln so‘m;
  • Fanzone (sahna yaqinidagi ko‘k zona): 2,860 mln so‘m;
  • Dance Floor (sahna oldidagi yashil zona): 2,080 mln so‘m;
  • Tribunalardagi o‘rindiqlar: 1,040 mln so‘mdan 4,100 mln so‘mgacha, joylashuviga qarab.
Foto: iticket.uz

Ushbu tadbir uchun xarid qilingan chiptalar qaytarilmaydi va almashtirilmaydi. Tashkilotchilar xavfsizlikni ta’minlash va firibgarlikning oldini olish maqsadida chiptalarni faqat iticket.uz mobil ilovasi orqali sotib olishni tavsiya etmoqda. QR-kodli chiptalar konsert boshlanishidan 24 soat oldin faollashtiriladi.

Lopes, shuningdek, 1 va 10-avgust kunlari Ostona va Olmaota shaharlarida ikkita konsert beradi. Ayni paytda xonandaning Qozog‘iston poytaxtidagi muxlislari chiptalarni xarid qilib bo‘lishgan. Qozog‘iston matbuotiga ko‘ra, chipta narxi 40 ming tengedan (1 mln so‘m) boshlanadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Markaziy Osiyoda Jennifer Lopesning konserti uchun chiptalar narxi haqida yozgandi.

Shuningdek