Avto

KIA Sportage 2025 taqdim etildi

Kia
Sotuvlar 2025-yilning uchinchi choragida boshlanishi kutilmoqda
KIA Sportage 2025 taqdim etildi / Foto: KIA

Kia Yevropada dizayni, interyeri va texnik xususiyatlarida sezilarli o‘zgarishlarga uchragan qayta tiklangan KIA Sportage 2025 krossoverini taqdim etdi. Bu haqda «Avtopotok» xabar bermoqda.

Foto: KIA

Yangi Sportage qisqaroq g‘ildirak bazasi (2680 mm) va 4540 mm uzunlikka ega. Tashqi ko‘rinishida LED fonarlar, yangi bamper va panjara o‘zgarishlari bor. Mashina 17, 18 yoki 19 dyuymli disklar bilan taqdim etiladi. Salon raqamli panel, multimedia ekran va yangi rul bilan jihozlangan. Shuningdek, proyeksion displey, simsiz quvvatlash va ergonomika yaxshilangan.

Foto: KIA

Bazaviy dvigatel – 1,6 litrli T-GDI (150 yoki 180 ot kuchi) va yumshoq gibrid tizimi. Gibrid (239 ot kuchi) va plagin-gibrid (288 ot kuchi) variantlari ham mavjud. 1,6 litrli dizel motorli (136 ot kuchi) versiya saqlanib qolgan. Uch xil transmissiya: 6 pog‘onali mexanik, 7 pog‘onali robot va 6 pog‘onali avtomat. Old yoki to‘liq yurituv tizimi bilan taklif etiladi.

Yangi Sportage ishlab chiqarilishi Slovakiyada boshlanadi. Sotuvlar 2025-yilning uchinchi choragida boshlanishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri KIA 55 ming avtomobilini yong‘in xavfi sababli chaqirib olayotgani haqida yozgan edi.