Mongoliya bosh vaziri mojaroli tarzda iste’foga chiqdi

eʼlon qilindi
Yangi bosh vazir 30 kun ichida tayinlanlanadi
Mongoliya bosh vaziri mojaroli tarzda iste’foga chiqdi / Foto: Embassyofmongolia

Mongoliya bosh vaziri Luvsannamsrain Oyun-Erdene parlamentdagi ishonchsizlik ovozidan so‘ng iste’foga chiqdi. Bu haqda Al Jazeera nashri ma’lum qildi.

Unga qarshi korrupsiyaga oid norozilik namoyishlari ko‘payib, jamoatchilik bosh vazir oilasining dabdabali hayotidan norozilik bildirdi. Noroziliklar poytaxt Ulanbator shahrida siyosiy beqarorlikka olib kelmoqda.

Foto: Dastan Shanay / Reuters

Ma’lumot uchun, Oyun-Erdene 2021-yilda ushbu lavozimni egallagan bo‘lib, 2024-yilda qayta saylangan. Ammo parlamentda zarur qo‘llab-quvvatlovni ololmagani uchun mag‘lub bo‘ldi. U vaqtinchalik vakolatda qoladi, yangi bosh vazir esa 30 kun ichida tayinlanishi lozim.

Bosh vazir korrupsiya ayblovlarini rad etib, unga qarshi siyosiy kuchlar tomonidan tashkil etilgan kampaniyani tanqid qildi. Parlament esa uning tarafini olmadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Janubiy Koreya sobiq prezidenti Yun Sok Yolga isyon boʻyicha ayblov qoʻyilgan edi.

Shuningdek