Olmazor tumanida yong‘in sodir bo‘ldi

eʼlon qilindi
To‘rtta uy zarar ko‘rdi
Olmazor tumanida yong‘in sodir bo‘ldi / Foto: ThoughtCo

5-iyun kuni soat 06:27 da Olmazor tumanidagi 4-Farobiy ko‘chasida joylashgan xususiy uylardan birida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi (FVV) xabar bermoqda.

FVVning ma’lum qilishicha, voqea joyiga soat 06:32 da o‘t o‘chirish xizmati yetib kelgan.

Yong‘in FVVning to‘liq nazorati ostida. Hodisa oqibatida qurbonlar haqida ma’lumot yo‘q.

Yong‘in soat 07:34 da to‘liq o‘chirilgan. Hududdagi xususiy uylar bir-biriga yaqin joylashgani sababli yong‘in natijasida to‘rtta uy zarar ko‘rgan.

Yong‘in natijasida halok bo‘lganlar yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Toshkentdagi sanoat zonasida kuchli yong‘in sodir bo‘lgani haqida yozgan edi.

Shuningdek