Xitoydan import $3,6 mlrdga yetdi, Rossiya va Turkiyadan esa kamaydi

eʼlon qilindi
2024 va 2025-yilning yanvar – aprel oylaridagi statistika taqqoslandi
O‘zbekiston importida yetakchi davlatlar qaysilar / Foto: Asia Caravan

2024 va 2025-yilning yanvar – aprel oylarida O‘zbekiston importida yetakchi davlatlar ro‘yxatida ayrim o‘zgarishlar kuzatildi. Biroq ikkala yilda ham Xitoy, Rossiya va Qozog‘iston O‘zbekistonning asosiy import hamkorlari bo‘lib qolmoqda, deya ma’lum qildi Milliy statistika qo‘mitasi.

Unga ko‘ra, 2024-yilda Xitoydan olib kirilgan mahsulotlar qiymati $3,3 mlrdni tashkil etgan bo‘lsa, 2025-yilning shu davrida bu ko‘rsatkich $3,6 mlrdga yetdi. Rossiya importdagi ulushini $2,8 mlrddan $2,5 mlrdga kamaytirgan bo‘lsa, Qozog‘iston esa $841 mlndan $986,8 mlnga o‘sdi.

Boshqa davlatlar o‘rnida ham farqlar mavjud. Masalan, 2024-yilda Koreya $682 mln bilan yuqori o‘rinda turgan bo‘lsa, 2025-yilda uning ulushi $569,6 mlnga tushgan. Turkiya va Germaniya ham import hajmida ozgina pasayish ko‘rsatgan. Shuningdek, 2024-yilda ro‘yxatda bo‘lgan Litva va Hindiston o‘rnida 2025-yilda Belarus va Hindiston ko‘proq ajralib turmoqda. Turkmaniston esa import hajmini $258 mlndan $164,8 mlnga qisqartirgan.

Davlat2024-yil (mln $)2025-yil (mln $)
Xitoy33003600
Rossiya28002500
Qozog‘iston841986.8
Koreya682569.6
Turkiya542498.6
Germaniya319387.5
Turkmaniston258164.8
Hindiston255341.8
Litva194
Belarus146.2203.2
AQSh188198

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston eksport mahsulotlari Qirg‘iziston orqali Xitoyga yuborilishi haqida yozgan edik.

Shuningdek