O‘zbekiston kommunal xizmatlari eng arzon davlatlar qatoriga kirdi

eʼlon qilindi
123 ta davlat ichida 109-o‘rinda
O‘zbekiston kommunal xizmatlari eng arzon davlat / Foto: olgaegova/ depositphotos.com

Numbeo portali dunyodagi 123 ta davlatdan olingan ma’lumotlarga asoslanib, kommunal to‘lovlar eng arzon va eng qimmat bo‘lgan mamlakatlar reytingini e’lon qildi. Bu global ro‘yxatda O‘zbekiston kommunal to‘lovlari eng arzon davlatlar qatoridan joy oldi.

Global reytingga ko‘ra, respublika 109-o‘rinda turibdi. 85 kvadrat metrli xonadon uchun o‘rtacha oylik kommunal xizmat to‘lovi $41,42 (530 ming so‘mni) tashkil qilgan. Bu ko‘rsatkich reyting yetakchisi – Avstriyadagi narxlardan ($377) taxminan 9,1 barobar arzon.

Rossiya 53-o‘rinda joylashgan. Rossiyaliklar o‘rtacha oyiga $120,4 to‘lashadi. Bu O‘zbekistonga nisbatan qariyb 3 barobar ko‘proq, lekin G‘arbiy Yevropa davlatlarining o‘rtacha ko‘rsatkichlaridan 30% arzonroq.

Reytingda Markaziy Osiyo davlatlari orasida Qirg‘iziston eng past o‘rinni egallagan – $33,91. Bu O‘zbekistonga nisbatan 1,22 barobar kam degani.

Bazaviy kommunal xizmatlar narxlari bo‘yicha reyting yetakchilari – G‘arbiy va Markaziy Yevropa davlatlari. Bu yerda yuqori narxlar ekologik siyosatning qat’iy talablari, barqaror energiyaga ustuvorlik berilishi va yashash darajasining yuqori standartlari bilan bog‘liq.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Samarqandda kommunal xizmatlarga 40 mlrd so‘m undirib berilgani haqida yozgandi.

Shuningdek