
Fransiya va O‘zbekiston U-23 terma jamoalari o‘rtasida o‘tkazilgan o‘rtoqlik uchrashuvi mezbonlarning kichik hisobdagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Parijda bo‘lib o‘tgan bahsda hisob 31-daqiqada penalti orqali ochildi – fransiyalik Jan Mateo Bahoya 11 metrlik jarima zarbasini golga aylantirdi. Oradan 8 daqiqa o‘tib, hakam O‘zbekiston foydasiga ham penalti belgiladi va fransiyalik Andi Diuf ogohlantirildi. Ammo VARdan keyingi ko‘rib chiqishda qaror bekor qilinib, penalti belgilanmadi. Diufning ogohlantirishi ham olib tashlanib, o‘zbek futbolchisi Muhammadali O‘rinboyev sariq kartochka bilan jazolandi.
Ikkinchi bo‘limning ilk daqiqasida o‘zbekistonlik Nodir Abdurazzoqov hisobni tenglashtirdi – 1:1.
Biroq 78-daqiqada fransiyalik Uilson Odobert uzoq davom etgan hujumni gol bilan yakunlab, mezbonlarga g‘alaba olib keldi – 2:1.
Yakuniy hisob: Fransiya U-23 – O‘zbekiston U-23 2:1
Gollar:
- 31′ – Jan Mateo Bahoya (penalti) – 1:0
- 47′ – Nodir Abdurazzoqov – 1:1
- 78′ – Uilson Odobert – 2:1
Ogohlantirishlar:
- 41′ – Muhammadali O‘rinboyev
- 74′ – Sherzod Esanov
Avvalroq Kursiv Uzbekistan futbol bo‘yicha BAA – O‘zbekiston o‘yinida o‘zbekistonliklar stadionga kira olmasligi mumkinligi haqida yozgan edi.