O‘zbekistonda dam olish kunlari yomg‘irli ob-havo kuzatiladi

eʼlon qilindi
«O‘zgidromet» xabar berdi
Foto: Yandex Maps

6–7-iyun kunlari respublikaga nisbatan salqin va nam havo kirib kelishi kutilmoqda. Bu haqda «O‘zgidromet» xabar berdi.

6-iyun kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Samarqand, Qashqadaryo viloyatlarida ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq ehtimoli mavjud.

7-iyun kuni esa Toshkent, Surxondaryo va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin.

Harorat 6-iyunda 28–33 darajaga, yomg‘ir paytida 25–27 darajagacha, 7-iyunda esa markaziy va sharqiy viloyatlarda 28–33 darajagacha pasayadi.

8-iyun kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi, havo 2–3 darajaga ko‘tariladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Qurbon hayiti kuni Toshkent metropoliteni bepul xizmat ko‘rsatishi haqida yozgandi.

Shuningdek