Gadjetlar

Polar Grit X2 suv o‘tkazmaydigan aqlli soat taqdim etildi

Narxi 480 yevro
Polar Grit X2
Polar Grit X2 suv o‘tkazmaydigan aqlli soat taqdim etildi / Foto: Polar

Polar kompaniyasi professional sportchilarga mo‘ljallangan Polar Grit X2 modelini taqdim etdi. Yangi qurilma nafaqat kuchli texnik xususiyatlari, balki 50 metrgacha suv o‘tkazmaydigan dizayni bilan ham ajralib turadi. Bu haqda mobil-review nashri ma’lum qildi.

Asosiy xususiyatlar:

  • Suvga chidamlilik: 50 metrgacha chuqurlikka bardosh beradi
  • Ekran: 1,28 dyuymli AMOLED, yorqinlik va tiniqlikni ta’minlaydi
  • GPS: Ikki chastotali, yuqori aniqlikdagi yo‘lni kuzatish
  • Sensorlar: Yurak urish tezligi, qon kislorod darajasi, barometr, harorat sensori, EKG imkoniyati
  • Batareya: Normal rejimda bir haftagacha ishlash imkoni
  • Xotira: 32 GB — xaritalar va musiqalar saqlash uchun yetarli
  • Sport rejimlari: Ko‘plab mashg‘ulot turlarini nazorat qilish imkoniyati

Qurilmaning narxi 480 yevro, u qora va mis ranglarda taqdim etiladi.

Bu smart soat ochiq havoda mashg‘ulot qiladiganlar va sarguzashtni sevuvchilar uchun mos zamonaviy va ishonchli hamrohga aylanishi mumkin.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Oukatel 11000 mA/soat akkumulyatorli smartfon taqdim etgani haqida xabar bergan edi.