Qurbon hayiti kuni Toshkent metropoliteni bepul xizmat ko‘rsatadi
eʼlon qilindi
( yangilandi)
Soat 03:00 dan 10:00 ga qadar

Ertaga, 6-iyun Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan Toshkent metropoliteni soat 03:00 dan 10:00 ga qadar yo‘lovchilarga bepul xizmat ko‘rsatadi. Bu haqda metropoliten matbuot xizmati xabar berdi.
Shuningdek, metro bayram kuni odatdagidan ikki soat oldin, ya’ni tonggi soat 03:00 dan ishlay boshlaydi.
Belgilangan boshqa dam olish kunlarida quyidagicha tartibda harakatlanadi:
- 7-iyun – shanba kuni uchun belgilangan jadval bo‘yicha;
- 8-iyun – yakshanba kuni uchun tasdiqlangan jadval asosida soat 05:00 dan xizmat ko‘rsatiladi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Hayit kuni Toshkentda masjidlar yonidagi yo‘llar yopilishi haqida yozgandi.