Qurbon hayiti munosabati bilan xodimlar ishdan bir soat oldin ketadi

eʼlon qilindi
6-iyun respublika bo‘ylab Qurbon hayiti bayrami nishonlanadi
Foto: mizar_219842 / depositphotos.com

Bugun, 5-iyun kuni barcha xodimlar ish vaqtidan bir soat oldin ketish huquqiga ega. Ertaga 6-iyun respublika bo‘ylab Qurbon hayiti bayrami nishonlanadi. Bu haqda Bandlik vazirligi xabar berdi.

Shu munosabat bilan o‘zbekistonliklar ketma-ket uch kun dam oladi. Unga ko‘ra, qo‘shimcha dam olish kunlari belgilanmagan.

Shu sababli, 6-iyun – juma bayram, 7-iyun – shanba kuni 5 va 6 kunlik ish haftasiga amal qiluvchilar uchun dam olish kuni, 8-iyun, yakshanba esa barcha uchun umumiy dam olish kuni hisoblanadi.

Mehnat kodeksining 187-moddasiga ko‘ra, bayram kunlari arafasida har kunlik ishning davomiyligi barcha xodimlar uchun kamida bir soatga qisqartiriladi.

Bayramdan oldingi kuni ishning davomiyligini qisqartirish imkoni bo‘lmagan uzluksiz ishlaydigan tashkilotlarda va ayrim turdagi ishlarda ortiqcha ishlaganlik xodimga qo‘shimcha dam olish vaqti berish yoki xodimning roziligi bilan ish vaqtidan tashqari ish uchun belgilangan normalar bo‘yicha haq to‘lash orqali kompensatsiya qilinadi.

Avvalroq «Kursiv» O‘zbekistonda Qurbon hayiti kunlari jamoat transporti ertaroq harakatlana boshlashi haqida yozgandi.

Shuningdek