
«Turk Sunlight» kurortida 15 nafar Rossiya fuqarosi Koksaki virusini yuqtirib olgani aytilmoqda. Bu haqda Rossiyaning bir nechta OAV xabar berdi.
Biroq Turkiya Sog‘liqni saqlash vazirligi bu ma’lumotni rad etib, rossiyaliklar orasida kasallik tarqalishi haqidagi ma’lumotlar haqiqatga mos kelmasligini ta’kidladi.
Shu bilan birga, «Rospotrebnadzor»ning sobiq rahbari, Rossiya Fanlar akademiyasi akademigi Gennadiy Onishchenko TASS bilan suhbatda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlardan qochish uchun rossiyaliklarga hozircha Turkiyada dam olishdan voz kechishni tavsiya qilgan.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Zambiya vaboga qarshi keng qamrovli emlash kampaniyasini boshlagani haqida yozgan edi.