Ryanair samolyoti kuchli bo‘ron tufayli Germaniyaga favqulodda qo‘ndi
eʼlon qilindi
9 kishi jarohat olgani aytilmoqda

4-iyun kuni Germaniya janubida sodir bo‘lgan kuchli bo‘ron tufayli Ryanair aviakompaniyasining Berlindan Milanga uchayotgan samolyoti Bavariyaning Memmingen aeroportiga favqulodda qo‘nishga majbur bo‘ldi. Bu haqda Euronews xabar bermoqda.
Samolyot bortida 179 yo‘lovchi va olti nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan. Sakkiz nafar yo‘lovchi va bir ekipaj a’zosi jarohatlangan. Ulardan 3 nafari kasalxonaga yotqizilgan, qolganlari ko‘rikdan so‘ng qo‘yib yuborilgan.
Xavfsizlik nuqtayi nazaridan reys bekor qilindi va Ryanair yo‘lovchilarni Memmingendan 380 km uzoqlikda joylashgan Milanga avtobusda yetkazishni tashkil qilgan.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Otto Aviation Phantom 3500 samolyotini taqdim etgani haqida yozgan edi.