Samarqandda 19 nafar hokim yordamchisi jinoyiy javobgarlikka tortildi

eʼlon qilindi
Yana 25 nafar hokim yordamchisi tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullangan
Foto: serezniy / depositphotos.com

2025-yilning aprel oyi boshlariga kelib, Samarqand viloyatida 19 nafar hokim yordamchisi jinoiy javobgarlikka tortilgan. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashining navbatdagi yig‘ilishida ma’lumot berildi.

Shuningdek, yana 25 nafar hokim yordamchisi tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullangan. Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, davlat xizmatchilariga tadbirkorlik bilan shug‘ullanish yoki kompaniya egasi bo‘lish taqiqlangan.

Joriy yilning yanvar – mart oylarida viloyatda 80 dan ortiq hokim yordamchilariga intizomiy, ma’muriy va jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan. Eng ko‘p huquqbuzarlik holatlari Samarqand shahri, Urgut, Ishtixon va boshqa tumanlarda qayd etilgan.

2024-yilgi korrupsiya darajasini aks ettiruvchi xalqaro reytingda O‘zbekiston 32 ball bilan 121-o‘rinni egallagan (2023-yilda bu ko‘rsatkich 33 ball bo‘lib, mamlakat 120-o‘rinda edi).

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Xorazm va Sirdaryoda korrupsionerlar qo‘lga tushgani haqida yozgandi.

Shuningdek