Samsung Galaxy S26 flagmanlari yanada yupqalashadi

5-iyun 2025 06:37 eʼlon qilindi

Ahmad Muhammadov

Ahmad Muhammadov

Muxbir a.muhammadov@kursiv.media
Samsung Galaxy S26
Samsung Galaxy S26 flagmanlari yanada yupqalashadi / Foto: sammobile

Samsung Galaxy S26 flagmanlari korpusi sezilarli darajada yupqalashadi. Bu haqda Sammobile nashri ma’lum qildi.

Taniqli insayder Ice Universe bergan ma’lumotlarga ko‘ra, yangi modellarning qalinligi avvalgi avlod Galaxy S25 lineykasiga nisbatan ancha ingichka bo‘ladi:

Galaxy S26 va S26 Plus qalinligi 6,x mm atrofida bo‘ladi (Galaxy S25 va S25 Plus: 7,2-7,3 mm),

Galaxy S26 Ultra qalinligi esa 7,x mm, ya’ni S25 Ultra’dagi 8,2 mm’dan ham nozikroq.

Ammo savol tug‘iladi: bu darajadagi yupqalashuv akkumulyator sig‘imining kamayishiga olib keladimi? Hozircha bu haqda rasmiy yoki ishonchli ma’lumot yo‘q, biroq ilgari shunga o‘xshash holatlarda korpus qalinligini kamaytirish batareya sig‘imi yoki issiqlik tarqalishi imkoniyatlariga salbiy ta’sir ko‘rsatgani kuzatilgan.

Biroq Samsung faqat dizayn bilan cheklanmayapti – kamera ham jiddiy yangilanmoqda. Galaxy S26 lineykasida 3 karra optik zum imkoniyatiga ega yangi 12 megapikselli kamera moduli qo‘llaniladi (Galaxy S25 lineykasida bu 10 MP edi). Yangi optik tizim va dizayn aynan korpusni yupqalashtirish imkonini bergan omillardan biri bo‘lishi mumkin.

Foydalanuvchilar uchun esa eng asosiy savol shuki yupqaroq korpus uchun quvvat ishlash vaqtini qurbon qilishga arziydimi?

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Samsung Galaxy S26 Yevropada faqat Exynos 2600 protsessori bilan taqdim etilishi mumkinligi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek